← Oziqlantirish uchun
Middle
Ro‘yxatdan o‘tish: 05.10.2026

Yahyobek Normamatov

Mutaxassislik: Python Backend developer
Men «Turonbank» ATBda Python backend dasturchi sifatida faoliyat yuritaman. Dasturiy ta’minotning backend qismini loyihalash, axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash hamda ma’lumotlar bazasini optimallashtirish bo‘yicha tijoriy tajribaga egaman. Asosiy texnik ko‘nikmalarim: Dasturlash tillari va freymvorklar: Python, Django, Django REST Framework, FastAPI Ma’lumotlar bazasi va ORM: PostgreSQL, SQLAlchemy Asinxron vazifalar va keshlash: Celery, Redis Infratuzilma va vositalar: Docker, Git, RESTful API Faoliyatimda axborot tizimlarining barqaror va yuqori unumdorlikda ishlashini ta’minlash, arxitektura talablariga qat’iy rioya qilish va sifatli kod yozishni asosiy mezon deb bilaman.

Portfolio

Kredit va garov obyektlarini monitoring qilish tizimi

Ushbu loyiha kredit oluvchilar, kreditlar va garov obyektlari haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda boshqarish va monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan web-platforma hisoblanadi. Tizim orqali kredit oluvchilar ro‘yxatini, ularning kreditlari, kredit holati, kredit summasi, filiallari, BXM ma’lumotlari, kadastr raqami hamda garov obyektlariga oid ma’lumotlarni ko‘rish va qidirish imkoniyati mavjud. Loyihada foydalanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlarni filtrlash, filiallar kesimida ko‘rish, kredit ID va kadastr raqami orqali qidirish, kredit holatini kuzatish hamda har bir garov obyektining batafsil ma’lumotlarini ko‘rish funksiyalari amalga oshirilgan. Shuningdek, garov obyektlariga tegishli rasmlarni saqlash va ko‘rish imkoniyati mavjud. Tizim Django frameworki asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ma’lumotlarni boshqarish uchun SQLite ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan. Foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish, API orqali ma’lumotlarni olish va dinamik qidiruv hamda filtrlash funksiyalari ham joriy etilgan. Loyiha kredit va garov ma’lumotlarini markazlashtirilgan holda boshqarish, ularni tezkor izlash va monitoring jarayonini qulaylashtirishga xizmat qiladi.

Ko'nikmalar

Python
Django
Django REST Framework
FastAPI
PostgreSQL
Celery
Git / GitHub
Docker
REST API

Ish tajribasi

Backend dasturchi
bilan 09.2025 - Hozirgacha |Turonbank ATB
Python
"Turonbank ATB"da Python backend dasturchi sifatida bankning ichki va tashqi tizimlari uchun RESTful API’lar ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasi (PostgreSQL) strukturasini loyihalash va optimallashtirish, asynchronous fon vazifalarini (Celery) sozlash hamda tizimlar xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash vazifalarini bajarib kelmoqdaman.

Ta'lim

Data science (Bakalavr)
2022 - 2026
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tillar

Ingliz tiliMen ravonman