Men PHP asosida backend tizimlar ishlab chiqadigan dasturchiman. Asosan Yii2 va Laravel frameworklari, MySQL va PostgreSQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlayman.
Production loyihalarda REST API, Telegram bot va Web App, to‘lov va boshqa tashqi servislar integratsiyasi, Redis, Docker, Linux serverlar va CI/CD bilan ishlash tajribam bor.
Mavjud tizimlarni tahlil qilish, murakkab backend logikasini ishlab chiqish, performance muammolarini topish va production muammolarini hal qilishga e’tibor beraman.
Yangi loyihani noldan ishlab chiqish bilan birga mavjud loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ham ishlayman.