Sukhrobjon Khurramov
Портфолио
career.edu.uz
career.edu.uz — O‘zbekiston talabalari va bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan, ish va amaliyot imkoniyatlarini yagona tizimda jamlagan raqamli platforma. Unda foydalanuvchilar rezyume yaratishi, o‘ziga mos vakansiyalarni topishi va ish beruvchilarga ariza yuborishi mumkin. Kompaniyalar esa vakansiyalar joylashtirib, munosib nomzodlarni izlaydi. career.edu.uz
LC UP
LC UP — o‘quv markazlari va talabalar o‘rtasidagi ta’lim jarayonini raqamlashtiruvchi mobil ilova. Unda talabalar dars jadvali, guruhlar, davomat, to‘lovlar va o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni bir joyda kuzatishi mumkin. Ilova LC UP o‘quv markazlarini boshqarish ekotizimining bir qismi hisoblanadi.
My school student app
My School uz — o‘quv markazlari uchun ishlab chiqilgan ta’lim jarayonini boshqarish mobil ilovasi. Unda talabalar dars jadvali va davomatini kuzatishi, uy vazifalarini bajarishi, yangi dars va tadbirlar haqida bildirishnomalar olishi hamda o‘qituvchilar va ma’muriyat bilan muloqot qilishi mumkin. Loyihada UX/UI Designer sifatida mobil ilovaning foydalanuvchi tajribasi, sahifalar tuzilishi va vizual interfeysi ustida ishlaganman. Asosiy maqsad — ta’lim jarayonidagi kundalik vazifalarni bitta ilovada jamlab, talabalar uchun sodda, zamonaviy va foydalanishga qulay mahsulot yaratish edi.
my.edu.uz
my.edu.uz — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim xizmatlarini yagona raqamli platformada jamlagan axborot tizimi. Platforma orqali abituriyentlar, talabalar va fuqarolar oliy ta’limga oid davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin. Jumladan, o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, davlat stipendiyalariga ariza topshirish, talabalar turar joyiga joylashish hamda boshqa ta’lim xizmatlarini elektron shaklda olish imkoniyati mavjud. Loyihada Product Designer sifatida foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, xizmatlarni sodda va tushunarli shaklda taqdim etish, interfeysni zamonaviylashtirish hamda platformaning desktop va mobil qurilmalardagi qulayligini oshirish ustida ishlayapman.
studyin-uzbekistan.uz
studyin-uzbekistan.uz — xorijiy abituriyentlarga O‘zbekistonda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi xalqaro platforma. Unda mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, yashash sharoitlari va talabalar hayotiga oid ma’lumotlar jamlangan. Loyihada Product Designer sifatida platformaning tuzilishi, universitetlar sahifasi, foydalanuvchi yo‘li hamda desktop va mobil interfeyslarini takomillashtirish ustida ishlayapman. Asosiy maqsad — xorijiy abituriyentlarga kerakli ma’lumotlarni sodda va tushunarli shaklda taqdim etish hamda O‘zbekiston oliy ta’limini xalqaro auditoriyaga zamonaviy ko‘rinishda tanishtirish.
