Gulnoza Yoʻldosheva
Portfolio
GOLD — Oziq-ovqat yetkazib berish mobil ilovasi
UX/UI dizayner sifatida oziq-ovqat buyurtma qilish va yetkazib berishga mo‘ljallangan mobil ilova interfeysini ishlab chiqdim. Loyiha davomida foydalanuvchi uchun qulay navigatsiya, taomlarni ko‘rish va tanlash, mahsulot haqida batafsil ma’lumot olish, savatga qo‘shish hamda buyurtma berish jarayonlari loyihalashtirildi. Figma’da sahifalar strukturasi, komponentlar, Auto Layout, ranglar palitrasi, tipografika va vizual elementlar yaratildi. Dizaynda buyurtma berish jarayonini sodda, tez va tushunarli qilishga alohida e’tibor qaratdim.
Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi — Landing Page
UX/UI dizayner sifatida Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi uchun zamonaviy va foydalanuvchiga qulay landing page dizaynini ishlab chiqilgan. Loyiha davomida sahifa strukturasi, vizual uslub, ranglar palitrasi, tipografika va asosiy interfeys elementlarini shakllantirilgan. Ma’lumotlarning tushunarli joylashuvi, qulay navigatsiya va sahifaning umumiy vizual yaxlitligiga alohida e’tibor qaratilgan. Dizayn Figma dasturida tayyorlandi.
Ta’lim platformasi — UX/UI dizayn
UX/UI dizayner sifatida ta’lim platformasi uchun mobil va veb-interfeyslar dizaynini ishlab chiqdim. Loyiha doirasida foydalanuvchining xaridlar tarixi, kurslar va to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qulay ko‘rishi uchun sahifalar strukturasi yaratildi. Figma’da komponentlar, Auto Layout, ranglar, tipografika va interfeysning asosiy holatlari ishlab chiqildi. Dizaynda sodda navigatsiya, ma’lumotlarning tushunarli ko‘rinishi hamda mobil va veb versiyalar o‘rtasidagi vizual yaxlitlikka e’tibor qaratdim.
