← Oziqlantirish uchun
Middle
Ro‘yxatdan o‘tish: 06.10.2026

Sanjarbek Ibrohimov

Mutaxassislik: Bosh buxgalter, moliyachi (moliyaviy tahlilchi)
Bosh buxgalter va moliyachi. Buxgalteriya sohasida 2 yildan ortiq tajriba (distribyutsiya, to'qimachilik, autsorsing, IT). Eksport-import operatsiyalari hisobi, QQS hisobotlari, moliyaviy hisobotlar (balans, foyda va zararlar), debitor-kreditor qarzdorlikni boshqarish, pul oqimlari nazorati, byudjet va boshqaruv hisobotlarini tayyorlayman. 1C 8.3/7.7, Didox, MY.soliq, UZEX, Excel, Google Sheets va Google Apps Script bilan ishlayman. Shaxsiy loyiha: Telegram Mini App + Google Sheets asosidagi Cash Flow tizimi.
Bosh buxgalter va moliyachi. Buxgalteriya sohasida 2 yildan ortiq tajriba (distribyutsiya, to'qimachilik, autsorsing, IT). Eksport-import operatsiyalari hisobi, QQS hisobotlari, moliyaviy hisobotlar (balans, foyda va zararlar), debitor-kreditor qarzdorlikni boshqarish, pul oqimlari nazorati, byudjet va boshqaruv hisobotlarini tayyorlayman. 1C 8.3/7.7, Didox, MY.soliq, UZEX, Excel, Google Sheets va Google Apps Script bilan ishlayman. Shaxsiy loyiha: Telegram Mini App + Google Sheets asosidagi Cash Flow tizimi.

Portfolio

xizmat_pro1 — kompyuter xizmatlari (tarjima, taqdimot, dizayn, biznes-reja)

Ijrochi: hujjat va kitob tarjimasi (rus/ingliz → o'zbek), taqdimotlar, logotip va banner dizayni, biznes-reja va smeta, Excel jadvallar va dashbordlar, kurs va diplom ishlari.

Cash Flow tizimi (Telegram Mini App + Google Sheets)

G'oya muallifi va ishlab chiquvchi: kundalik kirim va chiqimlarni Telegram Mini App orqali kiritish, ma'lumotlarni Google Sheets'da saqlash va Google Apps Script yordamida hisobotlarni avtomatik shakllantirish tizimini yaratdim.

Tikuv sexi uchun Excel boshqaruv tizimi

Kichik tikuv sexi uchun avtomatlashtirilgan Excel tizimini loyihaladim: dashboard, ishlab chiqarish, ombor, kassa va foyda-zarar (P&L) hisoboti; keyin uni bir sahifali veb-ilovaga o'tkazdim.

PWA ilovalar: shaxsiy moliya menejeri (UZS) va ingliz tili o'rganish

G'oya, funksional talablar, moliyaviy mantiq va sinov: so'mda daromad-xarajatlarni yuritish uchun shaxsiy moliya PWA ilovasi hamda ingliz tilini o'rganish ilovasi; ishlab chiqishda AI vositalaridan foydalandim.

Hypotheses — Telegram kanal

Kanal muallifi: g'oyalar, biznes gipotezalari va tajribalar haqida kontent yarataman va kanalni yuritaman.

Raqamlar Gapiradi — moliya va buxgalteriya bo'yicha Telegram kanal

Muallif va muharrir. Buxgalteriya, soliqlar, biznes moliyasi va shaxsiy moliya haqida oddiy tilda kontent tayyorlayman: amaliy tajriba, real misollar, foydali vositalar, boshqaruv hisobi (P&L, cash flow), moliyada AI va avtomatlashtirish.

Ko'nikmalar

Excel
1C 8.3 / 7.7
Google Sheets / Google Apps Script
QQS hisoboti va soliq hisobotlari (MY.soliq, Didox)
Moliyaviy hisobotlar va byudjetlashtirish
Eksport-import hisobi (UZEX)
Hisobotlar va dashbordlar
CRM: lidlar va konversiya tahlili
ERP tizimlari
SMM va raqamli marketing asoslari
Word, Canva, AI-vositalar

Ish tajribasi

Bosh buxgalter
bilan 02.2026 - Hozirgacha |SAELIM MULTI TECHNOLOGY MCHJ
1C 8.3, Didox, MY.soliq, UZEX, Excel
Eksport-import operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish; eksport-import shartnomalarini rasmiylashtirish va UZEX orqali ro'yxatdan o'tkazish; QQS hisobotlarini tayyorlash va soliq organlariga topshirish; bank operatsiyalarini 1C ga kiritish va nazorat qilish; moliyaviy hisobotlar (balans, foyda va zararlar hisoboti); debitor-kreditor qarzdorlikni boshqarish; buxgalteriya jamoasiga rahbarlik.
Moliyachi
bilan 12.2025 - Hozirgacha |Orient Tech Trade
Excel, Google Sheets, 1C
Pul oqimlari, to'lovlar va xarajatlar ijrosini nazorat qilish; debitor-kreditor qarzdorlik va likvidlikni tahlil qilish; byudjet, moliyaviy reja va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash.
Moliyachi (tahlilchi funksiyalari bilan)
11.2025 - 02.2026 |Biznes Mentor Education Center
CRM, Excel, Google Sheets
Pul oqimlari va operatsion xarajatlarni rejalashtirish va nazorat qilish; daromad, xarajat va rentabellik ko'rsatkichlarini tahlil qilish; CRM'da lidlar oqimini monitoring qilish (lid manbalari, konversiya, yo'qotilgan lidlar); marketing va sotuv bo'limlari uchun lidlar va sotuv bo'yicha hisobotlar; rahbariyat uchun byudjet va moliyaviy hisobotlar tayyorlash.
Buxgalter yordamchisi
08.2025 - 11.2025 |Consulting Partners (autsorsing)
1C, Didox, MY.soliq
Hisob-fakturalarni qabul qilish va yuborish, bank ko'chirmalarini 1C ga kiritish; debitor va kreditor qarzdorlik bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish va taqdim etish; soliq portallari bilan ishlash.
Rejalashtirish bo'yicha menejer
06.2025 - 08.2025 |Mollis Tekstil
ERP, Excel
Buyurtmalarni dasturga kiritish, ishlab chiqarish uchun matolarni uskunalar bo'yicha taqsimlash va jarayonni nazorat qilish.
Buxgalter
04.2024 - 01.2025 |Candy Box (distribyutor)
1C, Excel
Kundalik kirim va chiqimlar hisobini yuritish, kundalik inventarizatsiya o'tkazish.

Ta'lim

Buxgalteriya hisobi va audit (Bakalavr)
2021 - 2025
Farg'ona davlat universiteti (FarDU)

Tillar

O'zbekchaMahalliyIngliz tiliO'rtachadan yuqoriRus tiliAsosiy