Savdo menejeri (masofadan ishlash)
Free.uz jamoasiga Savdo menejeri qidirmoqdamiz!
Agar siz mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz, savdo sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz va masofadan turib ishlashni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilami.
Talablar
- Faol savdo yoki muhim mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kamida 1 yillik tajriba.
- Kelib tushadigan buyurtma va murojaatlarni tezkor qabul qilish, tahlil qilish hamda ularga o‘z vaqtida javob bera olish.
- Mijozlarga qo‘shimcha xizmatlarni taklif qilish (cross-sell va upsell) hamda ular bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmasi.
- Yuqori darajadagi mas'uliyat, o‘z ishini mustaqil rejalashtira olish va masofadan samarali ishlash qobiliyati.
- O‘zbek va rus tillarida ravon og‘zaki hamda yozma muloqot qila olish (ikkala tilni bilish ustunlik beradi).
- Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun marketing, texnik yordam va buxgalteriya bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlash.
Biz taklif qilamiz
- To‘liq masofadan ishlash imkoniyati.
- Oylik maosh — 8 000 000 – 12 000 000 so‘m.
- Reja bajarilgani uchun qo‘shimcha bonuslar.
