Kontent marketing menejeri (masofadan ishlash)
Kelishuvga ko‘ra
Masofadan
Free.uz — O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan frilans platformasi. Biz iste'dodli mutaxassislarni buyurtmachilar bilan bog‘lab, masofadan ishlash uchun qulay ekotizim yaratamiz.
Ayni paytda jamoamizni kengaytirmoqdamiz va Kontent marketing menejeri lavozimiga tajribali mutaxassisni izlamoqdamiz.
Vazifalaringiz
- Kontent strategiyasini ishlab chiqish
- Blog, ijtimoiy tarmoqlar, e-mail xabarnomalari va maxsus loyihalar uchun kontent strategiyasini yaratish, yo‘lga qo‘yish va muntazam yangilab borish.
- Kontent yaratish
- Ekspert maqolalar, keyslar, ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar, videolar ssenariylari, reklama va e-mail matnlarini yozish hamda tahrirlash.
- Kontentni tarqatish
- Kontent rejasini tuzish va unga amal qilish.
- Yangi targ‘ibot kanallarini izlash, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish.
- SEO va tahlil
- Kontentni qidiruv tizimlari (SEO) talablariga moslashtirish.
- Asosiy ko‘rsatkichlarni (LTV, CAC, Retention, CR, CTR, trafik va auditoriya faolligi) kuzatib borish hamda muntazam hisobot tayyorlash.
- Jamoa bilan hamkorlik
- Dizaynerlar, target mutaxassislari, SEO mutaxassislari, mahsulot jamoasi va kompaniya ekspertlari bilan hamkorlik qilib, kerakli ma'lumotlarni yig‘ish.
Nomzoddan kutayotganimiz
- Kontent marketing menejeri, Lead Copywriter yoki Editor sifatida kamida 2–3 yillik ish tajribasi (B2B, Tech yoki SaaS yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi).
- Muvaffaqiyatli loyihalar, chop etilgan maqolalar va turli formatdagi matnlardan iborat portfolio.
- Kontent marketingi, mijozning xarid yo‘li (Customer Journey Map) va konversiyani oshirish usullarini yaxshi tushunish.
- Google Analytics, Yandex Metrika hamda SEO tahlil vositalari bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim va tajriba.
Biz taklif qilamiz
- Тo‘liq masofadan ishlash — internet mavjud bo‘lgan istalgan joydan ishlash imkoniyati.
- Moslashuvchan ish jadvali — biz uchun monitorda o‘tirgan soatlar emas, vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi muhim.
- Kasbiy rivojlanish — yangi g‘oyalarni amalga oshirish, turli formatlarda tajriba qilish va ortiqcha byurokratiyasiz ishlash imkoniyati.
- Raqobatbardosh maosh — munosib oylik va KPI natijalariga qarab bonuslar (maosh miqdori suhbat yakuniga ko‘ra kelishiladi).
